MANILA, FILIPPIN (2022-yil 21-sentyabr) — Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tomonidan ishlab chiqilgan yangi indeksga muvofiq, Osiyoning rivojlanayotgan davlatlarining beshdan to‘rt qismi raqamli muhit va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimlari bo‘yicha global reytingda oxirgi o‘rinlarni egallagan.
Bugun "Osiyo rivojlanish istiqbollari"ning (ORI) (Asian Development Outlook) 2022 yilgi nashriga qo‘shimchada e'lon qilingan Raqamli tadbirkorlik tizimlarining global indeksiga ko‘ra, Singapur dunyodagi eng yaxshi raqamli muhit va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash tizimiga ega. Ro‘yxatdagi 113 ta iqtisod orasida AQSh ikkinchi va Shvesiya uchinchi o‘rinni egalladi. Ammo ro‘yxatga kiritilgan 21 ta rivojlanayotgan Osiyo davlatidan 17 tasi reytingning quyi pog‘onasida joylashgan bo‘lib, bu ularning ko‘pchiligi uchun raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish zarurati mavjud ekanligidan dalolat beradi.
Raqamlashtirish Osiyo-Tinch okeani mintaqasida biznes rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar ochadi. U innovasiyalar uchun harakatlantiruvchi kuch bo‘lib, yuqori daromadli mamlakat maqomini olishga intilayotgan iqtisodlar uchun muhim ahamiyatga ega. Raqamli texnologiyalar ko‘plab korxonalarga COVID-19 pandemiyasida omon qolishga yordam berganida va biznesni boshlash xarajatlarini pasaytirish orqali inklyuziv o‘sishga yordam berganida namoyon bo‘lganidek, bu iqtisodiyotni yanada chidamli qilishi mumkin.
“Raqamli tadbirkorlik COVID-19 pandemiyasi davrida iqtisodlarning barqaror turishiga yordam berdi va pandemiyadan keyingi dunyoda o‘sish va innovasiyalarning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga mumkin”, dedi OTB Bosh iqtisodchisi Albert Park. “Buning uchun samarali siyosat va imtiyozlar bilan ta'minlangan qulay muhit mavjud bo‘lishi lozim. Osiyoda raqamli tadbirkorlar uchun muhit so‘nggi ikki yil ichida sezilarli darajada yaxshilangan bo‘lsa-da, hali ham yaxshilanish uchun juda ko‘p imkoniyatlar mavjud”.
Indeks sakkizta yo‘nalishda raqamlashtirish darajasini hisobga olgan holda raqamli tadbirkorlar uchun muhit sifatini baholaydi: madaniyat, muassasalar, bozor sharoitlari, infratuzilma, inson kapitali, bilim, moliya va tarmoqlar.
Keng polosali tarmoqlar kabi raqamli infratuzilmaga sarmoya kiritishdan tashqari, hukumatlar siyosiy barqarorlik, kuchli huquqiy tizimlar, ochiq va raqobatbardosh bozorlar va kuchli mulk huquqlarini qo‘llab-quvvatlashlari kerak. OTB tahlili shuni ko‘rsatadiki, kuchli qonun ustuvorligi korxonalarning innovasion faoliyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi va jamiyatda korrupsiyaning qisqarishi bozorga yangi tadbirkorlarning kirib kelishining ko‘payishiga olib keladi.
Umuman olganda Osiyo-Tinch okeani mintaqasida raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish haqida gap borganda eng zaif jihatlardan biri bo‘lib yetarli darajada qo‘llab-quvvatlamaydigan madaniyat hisoblanadi. Bunga misol qilib, tadbirkorlarning iqtisodiy taraqqiyotda muhim rol o‘ynashini jamoatchilik umuman tushunmasligini keltirish mumkin. Buni o‘zgartirishning yo‘llaridan biri – bu ta'lim orqali aholining tadbirkorlik haqidagi tasavvurini yaxshilashdir.
OTB o‘ta qashshoqlikka barham berish bo‘yicha sa'y-harakatlarini davom ettirib, rivojlangan, keng qamrovli va barqaror Osiyo va Tinch okeani mintaqasiga erishishga intiladi. OTB 1966 yilda tashkil etilgan bo‘lib, unga 68 mamlakat a'zo bo‘lgan. Ularning 49 tasi mintaqada joylashgan.
Rank out of 113 global economies | Score (0-100) | |
Singapore | 1 | 81.3 |
United States | 2 | 79.7 |
Sweden | 3 | 79.6 |
Denmark | 4 | 78.8 |
Switzerland | 5 | 76.9 |
Netherlands | 6 | 75.6 |
Finland | 7 | 73.3 |
Norway | 8 | 69.9 |
Luxembourg | 9 | 69.6 |
United Kingdom | 10 | 69.0 |
Republic of Korea | 22 | 54.1 |
Malaysia | 27 | 43.1 |
People's Republic of China | 39 | 35.3 |
Georgia | 50 | 28.3 |
Kazakhstan | 52 | 27.4 |
Armenia | 58 | 26.0 |
Thailand | 59 | 25.9 |
Azerbaijan | 60 | 25.5 |
Viet Nam | 63 | 23.1 |
Indonesia | 71 | 20.4 |
India | 75 | 19.6 |
Philippines | 79 | 18.5 |
Sri Lanka | 82 | 17.5 |
Mongolia | 84 | 17.2 |
Kyrgyz Republic | 88 | 15.2 |
Tajikistan | 95 | 12.8 |
Bangladesh | 96 | 12.5 |
Pakistan | 97 | 12.3 |
Cambodia | 101 | 12.0 |
Nepal | 104 | 11.5 |